"Bavariya"ga "Brayton" futbolchisi kerak

Mirjalol Normatov
4 dek 2025
"Bavariya" Karlos Balebaga qiziqish bildirmoqda.

"TZ" ma'lumotiga ko'ra, "Bavariya" "Brayton"ning 21 yoshli yarim himoyachisi Karlos Balebani kuzatib bormoqda.

Tomonlar 2026 yil boshida muzokaralar o'tkazmoqchi. Unda "Brayton" futbolchisini 85 million evrodan kamiga sotmoqchi emas. "Bavariya" esa bunday katta summa to'lamasligi mumkin.

Kamerunlik futbolchi ushbu mavsum APLning 14 o'yinida ishtirok etdi.


Mirjalol NormatovMuallif
Manba: TZ