"Bavariya" yana bir yarim himoyachisini yo'qotdi

Оқил Абдубарноев
4 apr 2022
"Bavariya" yarim himoyachisi Korentin Tolisso jarohat oldi. Manbaning xabariga ko'ra, fransiyalik futbolchi keyingi bir oy davomida o'yinlarda qatnasha olmaydi.

4 aprel kuni Tolisso ilk mashg'ulotni o'tkazib yubordi. Uning mushak qismi shikastlangan hamda yarim himoyachi bundan qattiq aziyat chekmoqda. Bu joriy mavsumdagi 4-shunday jarohat bo'lib, 27 yoshli futbolchining tiklanish jarayoni uzoq davom etmoqda.

Tolissoning "Bavariya" bilan shartnomasi yozgacha amal qiladi. Tomonlar yangi shartnoma imzolamadi.


Оқил АбдубарноевMuallif
Manba: Bild