"Bavariya" yana bir gol mashinasini sotib olmoqchi

Mirjalol Normatov
2 yanv 2024
"Shtutgart" to'purari Seru Girassi "Bavariya"ga o'tishi mumkin.

"Bild" xabariga ko'ra, agarda Seru Girassini qishda hech 17,5 mln evroga sotib olmasa, myunxenliklar 20 mln evro evaziga tarkibiga qo'shib olishga harakat qilib ko'radi.

Agarda gvineyalik futbolchining transfer ishlari amalga oshsa, "Bavariya" Matis Telni biror jamoaga ijaraga berib yuboradi. Ayni damda uning xizmatlariga "Ayntraxt" hamda "Tottenxem" tomonidan qiziqishlar bo'lmoqda.

Girassi ushbu mavsumda Bundesliganing 14 o'yinida 17 gol urdi.


Mirjalol NormatovMuallif
Manba: Bild