"Bavariya" Xoland uchun da'vogarlik qilmayapti

Alisher
31 mar 2021, 18:23
"Bavariya" "Borussiya" (Dortmund) hujumchisi Erling Xoland bilan shartnoma imzolashni rejalashtirmayapti.

Bu haqda Germaniya chempioni boshqaruv raisi Karl-Xaync Rummenigge xabar berdi.

"Bunday ma'lumotlarni qayerdan olishadi, hayronman. Oldingi chizig'imizda dunyoning eng kuchli futbolchisi o'ynayapti. Uning klub bilan shartnomasi 2023 yilga qadar mo'ljallangan", - deydi rahbar.

Takidlash kerakki, oldinroq Xolandga "Bavariya" varianti qiziq emasligi ma'lum bo'lgandi, futbolchining o'zi faoliyatini Ispaniyada davom ettirishni qattiq xohlamoqda.

Erling joriy mavsum Bundesliga doirasidagi 21ta o'yinda maydonga tushib, 21ta gol urishga erishdi.

O'xshash yangiliklar


AlisherMuallif
Manba: twitter.com/cfbayern