“Bavariya” Xamesning transferini to'liq sotib olmoqchi

16 fev 2018, 23:03
“Bavariya” rahbariyati “Real” yarim himoyachisi Xames Rodrigesning transferini to'liq sotib olish niyatida.

Myunxenliklar Kolumbiya terma jamoasi a'zosini 13 million evro evaziga ikki mavsumga ijaraga olishgan.

Ijara shartnomasiga ko'ra 26 yoshli futbolchining transfer summasi 42 million evro etib belgilangan.

“Bavariya” rahbariyati futbolchining jamoaga moslashib olganidan mamnun. Xames shu taxlit o'yin namoyish etadigan bo'lsa, nemislar futbolchining transferini sotib olishlari mumkin.

O'xshash yangiliklar


Manba: Bild