"Bavariya" uchun borimni beraman" - Blind

Sherzod Nurmatov
6 yanv 2023
Niderlandiyalik futbolchi sovrinlarni qo'lga kiritishni istaydi.

"Bavariya" himoyachisi Deyli Blind nima uchun Myunxen klubiga o'tishga qaror qilganini aytdi.

"Bavariya"da o'ynashni sabrsizlik bilan kutyapman. Mavsumning eng muhim qismi yaqinlashmoqda, titullar uchun kurash boshlanadi va "Bavariya" kabi klub istalgan sovrinni qo'lga kiritishi mumkin. 

Kuboklarga chanqoqlik mening ko'chib o'tishga qaror qilishimda asosiy omil bo'ldi. Umid qilamanki, tajribam bilan bo'lishib, jamoaga yordam bera olaman. "Bavariya" uchun borimni beraman", – dedi futbolchi Myunxen klubi rasmiy saytiga.

Blind Germaniya chempioni safiga erkin agent sifatida o'tdi.


Sherzod NurmatovMuallif
Manba: fcbayern.com