"Bavariya" "Tottenxem"ga yana bir taklif tayyorlamoqda

Mirjalol Normatov
16 iyul 2023, 14:56
"Bavariya" ushbu yozdayoq Xarri Keynni qo'lga kiritmoqchi.

Jurnalist Fabricio Romanoning ma'lumotiga ko'ra, myunxenliklar forvard uchun yana bir taklif tayyorlamoqda. Gap 30 yoshli hujumchining transfer summasiga bog'liq bo'lmoqda. Undan tashqari, klub prezidenti Daniel Levi hujumchini jamoada olib qolmoqchi. U orqali vazifani bajarish osonlashadi, deb hisoblamoqda.

Oldinroq "Tottenxem" "Bavariya"ning ikkita taklifini rad qilgandi. O'tgan mavsumda Keyn APLning 38 o'yinida 30 gol va 3 assist qayd etdi.

O'xshash yangiliklar


Mirjalol NormatovMuallif
Manba: CaughtOffside