"Bavariya" Toni bilan xayrlashuv marosimini o'tkazadi

Aslanov Jasurbek
14 may 2016, 10:43
"Bavariya" va uning muxlislari 2007 yildan 2010 yilgacha Myunxen jamoasida to'p tepgan "Verona" hujumchisi Luka Toni bilan xayrlashuv marosimini o'tkazadi.

Oldinroq futbolchi professional faoliyatini yakunlashi haqida e'lon qilgandi.

Toni "Bavariya" va "Gannover" o'rtasidagi Bundesliganing 34-tur uchrashuviga tashrif buyuradi. Xayrlashuv "Bavariya"ning chempionligiga atalgan kechada bo'lib o'tadi.

Toni "Bavariya" safida 60 uchrashuv o'tkazib 38 ta gol urishga muvaffaq bo'lgan. Italiyalik 2007/08 mavsumda "Oltin butsa" egasiga aylangan.

O'xshash yangiliklar


Aslanov JasurbekMuallif
Manba: Football Italia