"Bavariya" texnik direktori bilan xayrlashdi

Sherzod Nurmatov
5 apr 2024
Marko Neppe bilan shartnoma o'zaro kelishuvga ko'ra bekor qilindi.

"Sky Sports" muxbiri Florian Plettenbergning xabar berishicha, Myunxenning "Bavariya" klubi texnik direktori Marko Neppe bilan hamkorlikni yakunladi.

Myunxenliklarning 37 yoshli Neppe bilan shartnomasi o'zaro kelishuvga ko'ra bekor qilingan. Funkcionerga allaqachon Germaniya va boshqa mamlakatlardan bir nechta takliflar bor.

Eslatib o'tamiz, Marko Neppe "Bavariya"ga Matis Tel, Jamol Musiyala va Alfonso Devisni olib kelgan.


Sherzod NurmatovMuallif
Manba: Sky Sports