"Bavariya" sport direktori: "Mavsumni yaxshi boshlab oldik"

Sherzod Nurmatov
23 avg 2022, 22:40
Myunxendagilar hozircha hammasidan mamnun.

"Bavariya" sport direktori Xasan Salixamijich Myunxen klubi uchun mavsum startini yuqori baholadi."Rekordmayster" Germaniya Superkubogini qo'lga kiritdi va Bundesligada umumiy hisobda 15:1 hisobida ketma-ket 3 ta g'alabaga erishdi.

"Mavsumni yaxshi boshlab oldik, lekin biz xuddi shu ruhda davom etishni xohlaymiz. Hozircha faqat 3 ta chempionat  o'yini va Superkubok o'tdi. Mavsum uzoq davom etishini bilamiz, biroq biz jamoada hammasi zo'r ekanligidan va murabbiy to'g'ri usullardan foydalanayotganidan xursandmiz", – dedi funkcioner.

O'xshash yangiliklar


Sherzod NurmatovMuallif
Manba: Sky Sport Germany