"Bavariya" sobiq ustozi "Volfsburg"ni boshqaradi

Sherzod Nurmatov
20 may 2022
Xabarga ko'ra, "Volfsburg"ning yangi bosh murabbiyi Niko Kovach bo'ladi.

Manbaning ma'lum qilishicha, Germaniya klubi xorvatiyalik mutaxassis bilan shaxsiy shartnoma shartlarini kelishib olgan. Tez orada bu haqda rasman e'lon qilinadi. 

Kovach "Volfsburg"da Florian Kofeldt o'rnini egallaydi. Ma'lumot o'rnida, klub uning qo'l ostida Germaniya chempionatida 12-o'rinni egalladi.

50 yoshli Kovach ilgari Xorvatiya terma jamoasi, "Ayntraxt", "Bavariya" va "Monako" klublarini boshqargan.


Sherzod NurmatovMuallif
Manba: WAZ