“Bavariya” Sane bo'yicha “Man Siti”ga taklif bilan chiqdi

10 iyun 2020, 07:11
Myunxenliklarning taklifi ma'lum bo'ldi.

“Bavariya” o'tgan hafta Leroy Sane transferi yuzasidan “Manchester Siti”ga 40 mln evrolik taklif bildirgan. “Shaharliklar” esa o'z futbolchisi bilan faqat 70 mln evro evaziga xayrlashini ma'lum qilib, taklifni rad etgan. Sanening “Siti” bilan kelishuvi 2021 yil yozida yakuniga etadi. Qayd etish joiz, “Bavariya” ustozi Xans Flik Sane transferi klub uchun asosiy maqsad hisoblanishini takidlamoqda.

O'xshash yangiliklar


Manba: Sky Germany