“Bavariya” safiga yana bir jahon chempioni qo'shiladi

27 mar 2019, 21:54
“Bavariya” fransiyalik himoyachi Lukas Ernandesning transferini e'lon qildi.

Ayni paytda “Atletiko” (Madrid)  klubida to'p tepayotgan futbolchi myunxenliklar bilan besh yillik shartnomaga imzo chekdi. Futbolchi uchun germaniyaliklar 80 million evroning bahridan o'tishlariga to'g'ri keladi. 

2018 yilda Fransiya termasi safida jahon chempionligiga erishgan futbolchi 1 iyundan “Bavariya” a'zosiga aylanadi va yangi jamoasida yiliga 13 million evro ishlab topadi.

Shuningdek, Ernandes Bundesliganing eng qimmat futbolchisi ham hisoblanadi. Bundan avvalgi rekord ham “Bavariya” futbolchilari – Martines (40 million) va Tolisso (42 million)ga tegishli edi.

Eslatib o'tamiz, bungacha “Bavariya” boshqa bir francuz himoyachisi, jahon chempioni Benjamin Pavar bilan ham kelishuvga erishgandi.

O'xshash yangiliklar


Manba: "Бавария" клуби расмий Твиттери