"Bavariya" Robben o'rniga futbolchi topdi

Aslanov Jasurbek
7 dek 2018
"Bavariya" murabbiylar shtabi joriy mavsum klubni tark etadigan yarim himoyachi Aren Robben o'rniga kimni xarid qilish kerakligini aniqlab oldi.

Ma'lumotlarga ko'ra, nemis klubidagilar "Atletiko" hujumchisi Antuan Grizmanni xarid qilishmoqchi. Oldinroq, "Bavariya" prezidenti Uli Xyoness klub yirik transferni amalga oshirmoqchi ekanligi haqida aytgan edi.

Grizmann va "Atletiko" o'rtasidagi bitim 2023 yilda yakunlanishi "Bavariya"ni havotirga solmayapti. Shu yilning yozida 27 yoshli forvard "Barselona"ga o'tishni istamagan edi.


Aslanov JasurbekMuallif
Manba: Tribal Football