"Bavariya" rekord darajada daromadga ega bo'ldi

Sherzod Nurmatov
14 noya 2023
Myunxenliklarning moliyaviy ahvoli joyida.

"Bavariya" o'zining rasmiy saytida 2022-2023 moliyaviy yil uchun hisobotni e'lon qildi.

Myunxen klubining yil davomidagi aylanmasi 665,7 million evrodan rekord darajadagi 854,2 million evroga etgan. "Bavariya"ning o'z kapitali esa 536,5 million evroga ko'tarilgan. Klubning soliqdan oldingi foydasi 54,5 million evroni, sof foydasi esa 35,7 millionni tashkil qildi.

"Bavariya" moliyaviy yilni ketma-ket 31-marta foyda bilan yakunladi. Bu jahon futboli uchun rekord ko'rsatkichdir.


Sherzod NurmatovMuallif
Manba: fcbayern.com