"Bavariya" "Real" himoyachisini nishonga oldi

Mirjalol Normatov
15 yanv 2021, 22:57
"Bavariya" "Real" himoyachisi Eder Militaoni nishonga olgan to'rtinchi klub bo'ldi.

"Goal" xabariga ko'ra, 22 yoshli futbolchini myunxenliklar "Yuventus", "Tottenxem" va Dortmundning "Borussiya"sidan tortib olmoqchi. "Bavariya"dagilar uni David Alabaning o'rniga munosib nomzod sifatida ko'rishmoqda.

Militao ushbu mavsumda "Real" tarkibida atigi 3 o'yinda qatnashdi. Uning transfer narxi 30 mln evroga teng.

O'xshash yangiliklar


Mirjalol NormatovMuallif
Manba: Goal