

Uchrashuvda klub boshqaruv qo'mitasi raisi Karl-Xaync Rummenigge, sobiq prezidenti Uli Xyoness va nemis grandining hozirgi rahbari Karl Xopfnerlar bor edi. Ular mutaxassisga "Manchester Siti"dagi ishida omad tiladi.
"Yana bir bor chin dilda Gvardiolaga minnatdorchilik bildiraman. Yangi ishda unga omad tilayman" - deydi Rummenigge.



