"Bavariya" Pavarning o'rniga boshqa nomzodlar topib qo'ydi

Mirjalol Normatov
27 avg 2023
"Bavariya" himoyachi Benjamen Pavarning o'rniga 6 nomzodni kuzatmoqda.

Oldinroq futbolchi "Inter"ga o'tish istagi sababli jamoa bilan mashg'ulot olib bormayotgani borasida ma'lumotlar tarqagandi. "Bild" nashri esa ushbu futbolchining o'rniga Myunxen klubi 6 himoyachidan birini tanlashi mumkinligini ma'lum qildi.

Unga ko'ra, Kiliann Sildiyya ("Frayburg"), Lutsxarel Gertryuyda ("Feyenoord"), Trevo Chaloba ("Chelsi"), Armel Bella-Kochap ("Sautgemppton"), Lukas Klostermann ("RB Leyptsig") va Tilo Kerer ("Vest Xem") kabi futbolchilar "Bavariya" short-listidan o'rin olgan.


Mirjalol NormatovMuallif
Manba: Bild