

Ma'lumotlarga ko'ra, nemis grandi "Palmeyras" hujumchisi Gabriel Jezusni xarid qilishga yaqin turibdi. 19 yoshli futbolchi Braziliya futbolining kelajagi hisoblanadi va unga "yangi Neymar" deb nom berishgan. Ammo Jezusning xizmatlariga PSJ, "Real", "Manchester Yunayted" va "Yuventus" ham qiziqish bildirmoqda.



