"Bavariya" Noyxausni sotib olishga yaqin

Sherzod Nurmatov
18 fev 2021
"Borussiya" Myonxengladbax yarim himoyachisi Florian Noyxaus yozgi transfer oynasida "Bavariya"ga o'tishi mumkin.

Jurnalist Kristian Falkning so'zlariga ko'ra, Marko Roze kelasi mavsumdan "Borussiya" Dortmand bosh murabbiyi sifatida faoliyat yuritishi ma'lum bo'lgach, Myunxen grandi 23 yoshli germaniyalik bilan shartnoma imzolashga yaqinlashdi.

Gap shundaki, nemis mutaxassisi intervyularning birida Gladbax futbolchilarining transferlarini yangi ish joyida amalga oshirmasligiga vada bergan.

Dortmundning "Borussiya"si ilgari Florian Noyxaus uchun kurashda "Bavariya" bilan raqobatlashishga tayyor edi, ammo endi myunxenliklar bu masalada bitta kam raqibga ega.


Sherzod NurmatovMuallif
Manba: twitter.com/cfbayern