

"Borussiya" Myonxengladbaxning 25 yoshli hujumchisi bilan tuzilgan shartnoma ushbu mavsum so'ngida o'z kuchini yo'qotadi. Shunday ekan, uni erkin agent sifatida tarkibga jalb qilish imkoniyati bo'ladi. Biroq nemis klubi ushbu kelishuv amalga oshishiga 100 foiz amin emas.
Markus Tyuram ushbu mavsumda 11 ta o'yinda maydonga tushdi va 10 ta gol urib, 3 ta assist qayd etdi.



