"Bavariya" Manening transferi borasida "Liverpul" bilan yangi muzokaralar o'tkazadi

Alisher
6 iyun 2022, 18:24
"Bavariya" "Liverpul" bilan hujumchi Sadio Manening ehtimoliy transferi borasida yangi muzokaralar o'tkazadi.

Bu haqda jurnalist Fabricio Romano xabar bermoqda. 30 yoshli senegallikning o'zi Myunxen klubiga o'tishga rozi. Ammo, jamoalar hali bitim shartlari borasida kelisha olmayapti.

Mane o'tgan mavsum "Liverpul" tarkibida 50ta o'yinda maydonga tushib, 23ta gol va 5ta assist qayd etdi.

Hujumchining Angliya klubi bilan shartnomasi 2023 yilning 30 iyuniga qadar mo'ljallangan.

O'xshash yangiliklar


AlisherMuallif
Manba: twitter.com/FabrizioRomano