

"Sky Sport Deutschland" xabariga ko'ra, 30 yoshli futbolchiga "Bavariya" da'vogarlik qilmoqda. Klub sport direktori Xasan Salixamidjich futbolchining agentlari bilan suhbat olib borgan, ammo bu muzokaralar sirasiga kirmagan.
So'nggi paytlarda "Liverpul" boshqa bir hujumchi Muhammad Saloh bilan shartnomani uzaytirishga katta e'tibor bermoqda, shu sababli ular Sadio Manening sotib yuborilishiga qarshilik qilmayapti. Uning klubi bilan kelishuvi 2023 yil yoziga qadar davom etadi.



