"Bavariya" Koman uchun 21 mln. evro to'lashini e'lon qildi
Aslanov Jasurbek
16 avg 2016
"Bavariya" boshqaruv qo'mitasi raisi Karl-Xaync Rummeniggening ma'lum qilishicha, nemis klubi tez orada hujumchi Kingsli Koman uchun "Yuventus"ga 21 mln. evro to'laydi.
"Biz Kingslining ishtirokidan mamnunmiz" - deydi Rummenigge.
Yosh fransiyalik 2015/16 mavsumni Bundesligada o'tkazdi. U Germaniya chempionatining 23 ta uchrashuvida 4 ta gol urdi va 6 ta golli pas berdi.