"Bavariya" Kezaga qiziqmoqda, ammo "Yuventus"...

Aziz Tukhtamuradov
15 iyul 2021, 09:56
"Bavariya" Federiko Kezani o'z tarkibiga qo'shib olish istagida.

Biroq, "Yuventus" har qanday summa evaziga ham uni sotmoqchi emas. Shuningdek, futbolchining o'zi ham "Yuventus"da o'zini yaxshi his qilmoqda va klubini almashtirish istagida emas. 

Avvalroq, futbolchiga "Chelsi" tomonidan qiziqish bildirilgandi. Londonliklar 23 yoshli Kezaga 100 million evro to'lashga tayyor edilar. Ammo Turin klubi vakillari ushbu taklifni o'ylab ham ko'rishmadi. 

O'xshash yangiliklar


Aziz TukhtamuradovMuallif
Manba: twitter.com/NicoSchira