"Bavariya" Kerer bilan muzokaralarni boshladi

Alisher
19 avg 2021
"Bavariya" PSJ himoyachisi Tilo Kererga qiziqmoqda.

Myunxen klubi 24 yoshli germaniyalik futbolchining vakillari bilan uchrashuv o'tkazdi.

Oldinroq xabar berilganidek, parijliklar o'yinchi bilan 20 million evro evaziga xayrlashishga tayyor. Kererning amaldagi shartnomasi 2023 yilga qadar mo'ljallangan.

Kerer o'tgan mavsum barcha musobaqalarda 33ta o'yinda maydonga tushdi.


AlisherMuallif
Manba: L'Equipe