"Bavariya" Kay Xaverc uchun kurashdan chiqdi

Alisher
9 iyul 2020, 18:00
"Bayer" yarim himoyachisi Kay Xaverc yozgi transferlar oynasida "Bavariya"ga o'tmaydi.

Myunxen klubi "Manchester Siti"dan Leroy Saneni xarid qilganidan so'ng 21 yoshli futbolchi uchun kurashdan chiqqan. Hujumchi "Bavariya"ga bonuslarni hisobga olmaganda 50 million evroga tushdi.

Xaverc uchun kurashda "Chelsi" yetakchilik qilmoqda. O'yinchining o'zi ham London klubiga o'tishni xohlamoqda. Bundan tashqari "Bayer" xavbek uchun 90 million evro talab qilmoqda.

Futbolchi joriy mavsum jamoa safida barcha musobaqalarda 39ta o'yinda maydonga tushib, 15ta gol va 8ta assist qayd etdi.

O'xshash yangiliklar


AlisherMuallif
Manba: twitter.com/FabrizioRomano