"Bavariya" ichki lageridan daraklar

19 noya 2018, 22:00
"Bavariya"da yuzaga kelayotgan o'zgarishlar haqida tanishib oling.

Championat.asia xodimi Shahboz Beg'amov o'zining telegramdagi sahifasida BILD nashriga asoslangan holda, "Bavariya"ning yaqin yillardagi rejalarini oshkor kildi:

• Yevropa chempionlar ligasini yutish

• Bundesligadagi yakkahokimlikni davom ettirish

• Kelasi yili yozdagi transfer bozorida 200 million evro sarflash

• Uli Hyoness katta ehtimol klub prezidenti etib qayta saylanadi

• Karl-Xaync Rummeniggening 2019 yildan keyingi faoliyati so'roq ostida

Kicker nashrining yozishicha, Niko Kovach jamoani 3-5-2 taktik sxemasida uynatmoqchi. Mazkur joylashuvda Myuller yoki Vagner ikkinchi hujumchi rolida o'z imkoniyatlarini qo'lga kiritishlari mumkin. Shuningdek, bu sxemada Martinez uchinchi markaziy himoyachiga aylanishi kutilmoqda.

Kicker "Bavariya" tarkibini 3 toifaga ajratdi:

1. Jamoa uchun yaqin kelajakda muhim ahamiyatga ega va "Bavariya"da qolishi kerak bo'lgan futbolchilar: Noyer, Ulrayx, Zyule, Kimmix, Gorecka, Tyago, Tolisso, Koman, Gnabri, Levandovski.

2. Mavsum davomida o'zini yaxshi taraflama ko'rsatib, turli-xil shubhalarga chek kuyishi va o'yinini kuchaytirishi lozim bo'lgan futbolchilar: Boateng, Xummels, Alaba, Sanshesh, Xames, Myuller, Vagner.

3. Kelasi yili jamoadan ketishi kerak bo'lgan futbolchilar: Rafinya, Martines, Robben, Riberi.

O'xshash yangiliklar


Manba: championat.asia