

26 yoshli futbolchiga APLdan taklif bor, Myunxen klubi bilan yanshi kelishuv borasidagi muzokaralar esa juda sekin ketmoqda. Bu haqda "Sport1.de" jurnalisti Florian Plettenberg xabar berdi.
Manbaning ma'lum qilishicha, "Bavariya" bosh murabbiyi Yulian Nagelsmann Zyule bilan kelishuvni uzaytirish tarafdori, lekin klub rahbarlaridan bazilari yangi shartnomaning maqsadga muvofiqligiga amin emaslar.

Futbolchining o'zi yiliga 10 mln evrodan ko'proq maosh xohlayapti. May oyida Zyulega "Chelsi" qiziqayotgani haqida xabarlar tarqalgandi.



