"Bavariya" himoyachisi: "Bugun eng sevimli futbolchimga qarshi o'ynayman"

14 avg 2020, 21:38
"Bavariya"ning 19 yoshli himoyachisi Alfonso Devis "Barselona"ga qarshi o'yin oldidan o'z fikrlari bilan o'rtoqlashdi.

 Bolaligingizda Yevropa Chempionlar Ligasi o'yinlarini tomosha qilganmisiz?

– Men futbol maktabiga borardim, har seshanba yoki chorshanba Edmonton vaqti bilan 12:00 da bolalar bilan sinfda to'planib, o'yinni tomosha qilar edik. Yigitlar sevimli jamoalariga muxlislik qilishar, quvnoq qiyqiriqlar eshtilardi. Ajoyib damlar edi.

Hozir men YCHLda o'ynayman. Bugun eng sevimli futbolchilarimdan biriga (Messi) qarshi maydonga tushaman. Men xursandman, orzum ushaldi.

Kecha menga otam qo'ng'iroq qildi. U shunday dedi: "Demak, sevimli futbolchingga qarshi o'ynaysan". Men javob qatardim: "Ha". Ikkalamiz ham kulib yubordik.

Oldinlari buni tasavvur ham qila olmasdim. Otam bolaligimdan Messiga muxlislik qilishimni va endi unga qarshi o'ynashimni biladi. Bu ajoyib.

O'xshash yangiliklar


Manba: uefa.com