"Bavariya" Gravenberx uchun "Ayaks"ga 25 mln evro berishga tayyor

Alisher
19 mar 2022, 12:37
"Bavariya" hali ham "Ayaks" xavbeki Rayan Gravenberxni xarid qilmoqchi.

Myunxen klubi sport direktori Xasan Salixamijich 19 yoshli Niderlandiya terma jamoasi o'yinchisini "Benfika" (0:1)ga qarshi Chempionlar Ligasi 1/8 final javob o'yinida kuzatdi.

"Bavariya" Gravenberx uchun 25 mln evrodan ko'p bo'lmagan mablag' taklif qilishga tayyor.

Gravenberx joriy mavsum Eredivizi doirasidagi 25ta o'yinda maydonga tushib, 2ta gol va 5ta assist qayd etdi.

O'xshash yangiliklar


AlisherMuallif
Manba: twitter.com/FabrizioRomano