"Bavariya" Ginterga 4 yillik shartnoma taklif qildi. U "Borussiya"dan erkin agent maqomida ketadi

Alisher
26 yanv 2022, 18:24
Myonxengladbaxning "Borussiya" jamoasi himoyachisi Mattias Ginterga "Bavariya" qiziqish bildirmoqda.

Myunxen klubi o'yinchi bilan yozda erkin agent maqomida shartnoma imzolamoqchi.

"Bavariya" futbolchiga to'rt yillik shartnoma taklif qildi. Ginterning "Borussiya" bilan bitimi joriy mavsum so'nggiga qadar mo'ljallangan.

28 yoshli o'yinchi joriy mavsum "Gladbax" safida barcha musobaqalarda 20ta o'yinda maydonga tushdi.

O'xshash yangiliklar


AlisherMuallif
Manba: twitter.com/NicoSchira