"Bavariya" futbolchisi PSVga o'tdi

Mirjalol Normatov
7 okt 2020
"Bavariya" yarim himoyachisi Adrian Fayn Eyndxovenning PSV jamoasiga o'tdi.

PSV futbolchini 2021 yil yozigacha ijaraga oldi. Ushbu muddat yakunlanganidan keyin eyndxovenliklar xavbekni sotib olish imkoniyatini qo'lga kiritadi.

21 yoshli Fayn "Bavariya" tarbiyalanuvchisi hisoblanadi. Hali u asosiy jamoa tarkibida debyut qilmagan. Bunga qadar "Regensberg" va "Gamburg" jamoalari tarkibida ijarada o'ynagan.

Germaniya yoshlar termasi tarkibida u 5 o'yinda 1 gol urgan.


Mirjalol NormatovMuallif
Manba: Goal