"Bavariya" futbolchisi mashg'ulotlarga qaytdi

Mirjalol Normatov
7 okt 2021, 00:56
"Bavariya" yarim himoyachisi Korenten Tolisso individual mashg'ulotlarni boshladi.

Bu haqda Myunxen klubi rasmiy sayti xabar bermoqda. Futbolchi oyog'idagi mushaklarining jarohati sababli 11 sentyabrdan buyon mashg'ulotlarda qatnashmayotgandi.

Ushbu mavsumda 27 yoshli xavbek barcha turnirlarda 3 o'yinda qatnashib, 1tadan gol va assist qayd etdi.

O'xshash yangiliklar


Mirjalol NormatovMuallif
Manba: twitter.com/fcbayernde