"Bavariya" Frimpong variantiga qaytdi

Omonjon To`xtamirzayev
5 mar 2024
"Bayer" himoyachisi Jeremi Frimpong yana "Bavariya" short-listiga qaytarildi.

Ma'lumotlarga qaraganda, futbolchining o'yinlari Myunxen klubi rahbariyatida ijobiy taassurot qoldirgan. Endi leverkuzenliklar futbolchisi transferidan 40-45 mln evro ishlab olishi mumkin.

Agarda "Bavariya" boshqaruvini uchta markaziy himoyachi bilan o'ynovchi murabbiy qo'lga olsa, Frimpong - yozda sotib olinish uchun asosiy nomzodga aylanadi. Futbolchining o'zi hali kelajagi bo'yicha bir qarorga kelmagan.

Bu mavsum Jeremi "Bayer" safida barcha musobaqalarni inobatga olganda 30 ta o'yinda ishtirok etib, 10 ta gol urdi va 9 ta golli uzatma etkazib berdi.


Omonjon To`xtamirzayevMuallif
Manba: tribalfootball.com