“Bavariya” Flik qo'l ostida dahshatli sermahsullik ko'rsatmoqda

Narzulla Saydullayev
22 okt 2020
“Bavariya” YCHL 1-turi doirasida o'z maydonida Madridning “Atletiko”sini qabul qilib, 4:0 hisobida g'alaba qozondi.

Bu “Bavariya” Xans Flik qo'l ostida kamida 4+ gol urgan 20-o'yinga aylandi. Myunxen klubi Flik bilan qo'lga kiritgan eng yirik g'alabalari: YCHL 1/4 finali 2019/20 mavsumda “Barselona” ustidan 8:2. Bundesliga 2020/21 mavsumi 1-turida “Shalke” ustidan 8:0.

Ma'lumot uchun, Flik 2019 yil noyabrida “Bavariya” bosh murabbiyi vazifasini bajaruvchi etib tayinlangandi. 2020 yil aprelda esa u bilan 2023 yilga qadar mo'ljallangan shartnoma imzolangandi.




Narzulla SaydullayevMuallif
Manba: goal.com