

"Bavariya" rahbariyati "Ayaks" bosh murabbiyi Erik ten Xagning vakillari bilan gaplashgan.
Xabarlarga qaraganda, murabbiy ushbu mavsum "Ayaks"ni tark etmasligi mumkin, ammo "Bavariya" mutaxassisni yanvardayoq jamoaga olib kelishni xohlamoqda.
Oldinroq, Niko Kovach "Bavariya"dan iste'foga chiqqan edi. Bungacha esa Massimiliano Allegri nemis klubi bosh murabbiyligiga asosiy da'vogar sifatida ko'rilayotgan edi.



