“Bavariya” YCHLda g'olib chiqqani uchun “Vankuver Uaytkeps”ga 1 million evro to'laydi

25 avg 2020, 00:55
“Bavariya” safida YCHLda g'olib chiqqan Alfonso Devis uchun myunxenliklar “Vankuver Uaytkeps” klubiga 1 million evro to'lab berishadi, deya xabar bermoqda ESPN.

Futbolchining transfer kelishuvida aynan shunday band ko'rsatib o'tilgan. “Bavariya” 2018 yili Devisning transferi uchun 10 million evrodan voz kechgandi.

Devis joriy mavsumda “Bavariya” bilan YCHL g'olibligiga erishdi. Devis kanadalik futbolchilar orasida   ushbu sovrinni qo'lga kiritgan ilk futbolchiga aylandi. Kelib chiqishi liberiyalik bo'lgan 19 yoshli Devisning ota onasi u yoshligida Kanadaga ko'chib kelgan.

O'xshash yangiliklar


Manba: ESPN