"Bavariya" dushanbadan mashg'ulotlarni boshlaydi

Mirjalol Normatov
5 apr 2020, 11:11
"Bavariya" koronavirus sababli bekor qilingan mashg'ulotlarni guruh-guruh bo'lib davom ettiradi.

"Kicker" xabariga ko'ra, dushanba kuni futbolchilar klub qarorgohida yig'ilishadi va 4 nafar futbolchidan iborat 4 guruh va yana bir 5 futbolchilik guruh tuziladi.

Har bir guruhga mashg'ulot kunlari bo'lib beriladi va ular bazada shug'ullanishadi. Shuningdek, ularning uylariga maxsus ovqatlar ham berib yuboriladi.

O'xshash yangiliklar


Mirjalol NormatovMuallif
Manba: Kicker