"Bavariya" Dregushin uchun 30 mln evro to'lashga tayyor. Unga "Tottenxem", "Napoli" va "Barsa" qiziqish bildirgandi

Sherzod Nurmatov
8 yanv 2024, 19:20
"Jenoa" himoyachisi Radu Dregushin transfer bozorida "Bavariya"ning nishoniga aylandi.

"Gazeta Sporturilor" xabariga ko'ra, Myunxen klubi 21 yoshli ruminiyalik futbolchini qishda o'z safiga qo'shib olmoqchi. "Bavariya" transferni zudlik bilan yakunlamoqchi.

Qayd etilganidek, "Jenoa" so'ragan 30 million evro miqdoridagi tovon puli Germaniyadan kelgan xaridorlar uchun muammo tug'dirmaydi. 

Avvalroq Dragushin uchun kurashayotgan "Tottenxem" himoyachi uchun atigi 25 million to'lashni afzal ko'rishi xabar qilingandi. Shuningdek, futbolchiga "Napoli" va "Barselona" ham qiziqish bildirgan.

O'xshash yangiliklar


Sherzod NurmatovMuallif
Manba: Gazeta Sporturilor