"Bavariya" deyarli 30 million evrolik transferni hal qildi

Alisher
26 yanv 2024, 22:35
"Bavariya" "Galatasaroy" himoyachisining transferi bo'yicha kelishuvga erishdi.

Jurnalist Florian Plettenbergning xabariga ko'ra, Sasha Boe 2029 yilning yoziga qadar shartnoma imzolagan holda Myunxen klubiga o'tadi.

Myunxenliklar 23 yoshli futbolchi uchun 28-29 million evro to'lashadi. Uning shanba kuni Germaniyaga uchib kelishi kutilmoqda.

Boe joriy mavsum Turkiya chempionatida 19ta o'yinda maydonga tushib, 1ta gol urishga erishdi.

O'xshash yangiliklar


AlisherMuallif
Manba: twitter.com/Plettigoal