"Bavariya" darvozaboni keyingi mavsumni "Shtutgart"da o'tkazadi

Sherzod Nurmatov
25 iyul 2023
"Bavariya" darvozaboni Aleksandr Nyubel "Shtutgart"ga o'tdi.

U mavsum oxirigacha ijaraga olindi.

Nyubel 2020 yilda erkin agent sifatida "Shalke-04"dan "Bavariya"ga o'tgandi. Germaniyalik futbolchi so'nggi ikki mavsumni ijara asosida "Monako"da o'tkazdi. 26 yoshli posbon o'tgan mavsum 48 ta o'yinda ishtirok etib, 75 ta gol o'tkazib yubordi va 10 ta bahsda darvozani "quruq" saqladi.


Sherzod NurmatovMuallif
Manba: fcbayern.com