"Bavariya" CHL 1/4 finalida "Yuventus" bilan to'qnash kelmoqchi emas

Aslanov Jasurbek
4 mar 2017, 20:43
"Bavariya" boshqaruv qo'mitasi raisi Karl-Xaync Rummeniggening ma'lum qilishicha, klub Chempionlar ligasi 1/8 finalida "Yuventus" bilan o'ynamoqchi emas.

"Chempionlar ligasida qadamba-qadam yurish lozim. Yirik klublar bir-biri bilan kechroq to'qnash kelishni istaydi, shu sababli "Yuventus" bilan 1/4 finalda uchrashmaslikka umid qilamiz.

O'tgan mavsumning ikkita uchrashuvida gol ura olmadik, ular juda qiziq o'tdi va omadimiz kelib keyingi bosqichga o'tdik. Birinchi bahsda hammasi yo'qotilgan deb o'ylagan edik, ammo keyingi navbatdagi raundga yo'l ola bildik" - deydi Rummenigge.

O'xshash yangiliklar


Aslanov JasurbekMuallif
Manba: Tuttosport