"Bavariya" Bundesliganing eng yaxshi to'purarini sotib olmoqchi

Aslanov Jasurbek
15 noya 2018, 18:14
"Bavariya" "Ayntraxt"ning serbiyalik hujumchisi Luka Yovichga qiziqish bildirmoqda.

Ma'lumotlarga ko'ra, Myunxen klubi bosh murabbiyi Niko Kovachning shaxsan o'zi ushbu transfer amalga oshishini istamoqda. Kovach Yovich bilan "Ayntraxt"da birga ishlagan.

20 yoshli Yovich 2017 yilning yozida "Benfika"dan "Ayntarxt"ga ijara asosida o'tgan edi. Frankfurt klubi futbolchini 2 yilga ijaraga olgan. Joriy mavsum oxirida ular hujumchini 8 mln evroga xarid qilishi mumkin.

20 yoshli Yovich Bundesliganing 9ta o'yinida 9ta gol urishga muvaffaq bo'ldi.

O'xshash yangiliklar


Aslanov JasurbekMuallif
Manba: Bild