

Vensan Kompani shogirdlari chempionatning 19-turi doirasida kechgan bahsda "Augsburg"ga 1:2 hisobida imkoniyatni boy berishdi. Bungacha myunxenliklar ichki birinchilikda 16 ta g'alaba va 2 ta durang qayd etib, mag'lubiyatsiz seriyani davom ettirishayotgan edi.
Mag'lubiyatga qaramay, "Bavariya" 50 ochko bilan Bundesliga turnir jadvalida yakka peshqadamlik qilishda davom etmoqda.



