"Bavariya" "Borussiya" yulduzini sotib olmoqchi

Mirjalol Normatov
21 noya 2018, 23:57
Dortmundning "Borussiya"si yarim himoyachisi Kristian Pulishichning xizmatlariga yana bir da'vogar paydo bo'ldi.

"Sports Illustrated" xabariga ko'ra, "Bavariya" 20 yoshli amerikalikni sotib olishga tayyor turibdi. Agarda Dortmund klubi bunga rozi bo'lsa, transfer kelasi yozda amalga oshishi mumkin.

Pulishichga ayni damda "Liverpul" ham qiziqish bildirmoqda. Aytilishicha, amerikalik "Bavariya"ga o'tishni istamoqda.

O'xshash yangiliklar


Mirjalol NormatovMuallif
Manba: Sports Illustrated