"Bavariya" "Atletiko" o'yinchisiga qiziqmoqda

Alisher
28 yanv 2020
"Atletiko" vingeri Toma Lemar "Bavariya" qiziqishlariga sabab bo'lmoqda.

24 yoshli futbolchining hozirda "matraschilar" tarkibida ishlari yaxshi emas, shu sabab uning jamoani tark etish ehtimoli bor.

"Bavariya" esa shu vaziyatda fransiyalik futbolchini o'z tarkibiga qo'shib olmoqchi. "Bavariya"ning hozirgi tarkibida to'rtta fransiyalik o'yinchilar bor: Benjamen Pavar, Korenten Tolisso, Kingsli Koman va Luka Ernandes.

Lemarga bundan tashqari Londonning "Arsenal" klubi ham qiziqmoqda.

Lemar joriy mavsum "Atletiko" tarkibida 21ta o'yinda maydonga tushdi.


AlisherMuallif
Manba: France Football