"Bavariya" "Atletiko" futbolchisi transferining bir qismini to'lab bo'ldi

Aslanov Jasurbek
21 mar 2019, 16:57
"Atletiko" himoyachisi Lukas Ernandes "Bavariya"ga o'tishga yaqin.

Fransiyalik himoyachi 80 mln. evro evaziga "Bavariya"ga o'tadi. Ma'lumotlarga ko'ra, nemis klubi madridliklarga ushbu mablag'ning yarmini to'lab bo'lgan ekan.

Taxminlarga ko'ra, "Bavariya" Ernandes bilan 4-5 yilga mo'ljallangan shartnoma tuzadi. Transfer joriy mavsum oxirida amalga oshishi kerak.

Xyoness: “Bavariya” yirik transferlarni amalga oshiradi”

O'xshash yangiliklar


Aslanov JasurbekMuallif
Manba: Footmercato