

"Bavariya"dan Xosep Gvardiola ketadigan bo'lsa, unda uning o'rniga Karlo Anchelotti jamoa ruliga o'tirishi kutilmoqda.
Italiyalik mutaxassis bilan myunxenliklar og'zaki kelishuvga erishashgan.
Eslatib o'tamiz, Pep Gvardiola yozda "Bavariya"dan ketishi kutilmoqda. Gvardiolaning o'zi esa yakuniy qarorni keyingi hafta ma'lum qilishini bildirgandi.



