"Bavariya" Alabaning jarohati haqida ma'lumot berdi

Aslanov Jasurbek
7 sen 2017, 18:45
"Bavariya" klubining himoyachisi David Alaba yaqin oradagi jamoasi o'yinlarini o'tkazib yuboradi.

David Alaba Avstriya - Gruziya (1:1) o'yinida jarohat oldi va 38-daqiqada almashtirildi. Futbolchi jamoani yaqinda bo'lib o'tadigan bir necha o'yinlarini qoldirib yuboradi.

Bavariyaning rasmiy saytining xabariga ko'ra, uning chap oyog'ida jarohat bor. Shunday ekan , avstriyalik futbolchi yaqinda bo'lib o'tadigan Germaniya chempionatining "Xoffenxaym" klubiga va chempionlar ligasidagi "Anderlext"ga qarshi o'yinlarni o'tkazib yuboradi.


Aslanov JasurbekMuallif
Manba: championat.com